«Bavariya» Germaniya Superkubogida Durtmundning «Borussiya»siga qarshi o‘yinda (2:1) g‘alaba bilan mavsumni boshladi.
28-daqiqada Nataniyel Braun hisobni ochdi, 45-daqiqada esa Maykl Olise jamoasi Vensan Kompanining ustunligini ikki baravar oshirdi. «Shmelli»lar 75-daqiqada Fabiu Silvaning goli bilan bitta to‘p qaytardilar, lekin mag‘lubiyatdan qochisholmadi.
«Mavsum boshlanishida muhim g‘alaba. Biz savollarni erta hal qilishimiz mumkin edi, lekin 2:0 hisobida dominatsiyaga qaramasdan, buni bajara olmadik. Bu xavfli hisob – bitta gol o‘tkazib yuborish kifoya, vaziyat keskinlashadi. Aynan shunday bo‘ldi, lekin oxirida ustunligimizni saqlab qolganimizdan xursandmiz», – deydi Garry Keyn, «Bavariya» hujumchisi, Bayern & Germaniyaga keltirgan so‘zlarida.
O‘tgan mavsumda myunxenliklar ichki arenada barcha kuboklarni qo‘lga kiritdilar.
