«Bavariya» darvozaboni Manuyl Noyer «Borussiya» Dortmund ustidan (2:1) Superkubokda g‘alaba qozonganidan so‘ng intervyu berdi.
Vensan Kompani boshqaruvidagi jamoa birinchi bo‘limda Nataniyel Brauna va Maykl Olisening gollari evaziga g‘alaba qozondi.
«O‘zimni yaxshi his qilyapman. Biz Germaniyaning ikkinchi kuchli jamoasiga qarshi safarda o‘ynadik, bu har doim ham oson emas. Bugun eng kuchli g‘olib bo‘ldi deb o‘ylayman. Superkubok – bu har doim mavsum boshlanishida yaxshi sinovdir. Biz ko‘p ishladik va yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik», – deydi Noyer Bayern & Germany nashriga bergan intervyusida.
40 yoshli darvozabon uchun bu karerasidagi 36-trofey bo‘lib, bu nemis futbolchilari orasida rekorddir.
