Hujumchi Kristofer Nkunka yaqin kelajakda «RB Leyptsig»ga qaytishi mumkin. Mashhur insayder Fabrizio Romano o'z saytida xabar berganidek, 28 yoshli Nkunka nemis klubiga «ha» dedi.

Endi «RB Leyptsig» «Milan» bilan muzokaralarni faollashtirdi. «Bullar» ustida ishlayotgan formula ijaraga olish va sotib olish imkoniyati bilan bog'liq. Shartnoma umumiy qiymati bonuslar bilan birga 33 dan 35 million evrogacha bo'lishi mumkin.

Kristofer Nkunka 2019-2023 yillarda «RB Leyptsig»ni himoya qilgan. Ushbu davrda hujumchi 172 o'yinda 70 gol urdi va 56 golli uzatmalar berdi.