Frankfurtning «Ayntraxt» klubi hujumchisi Mishi Batsuayining saudiya «Abha» klubiga o'tgani haqida ma'lum qildi. Tegishli xabar jamoaning saytida paydo bo'ldi.
Batsuayi 2025 yil fevralida turkning «Galatasaray» klubidan nemis klubiga o'tgan. U «Ayntraxt»da 21 o'yin o'tkazib, 4 gol urdi (o'tgan mavsumda 10 o'yinda 1 gol).
32 yoshli belgiyalik futbolchining transfer summasi aniq ko'rsatilmagan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Batsuayining bozor qiymati 2 million evroni tashkil etadi.
Avvalgi faoliyatida u «Standart», «Chelsi», «Marsel» va boshqa bir qator klublarda o'ynagan. Batsuayi Belgiya terma jamoasida 57 o'yinda 22 gol urgan.
