«Bavariya» shanba kuni «RB Leypsig»ni 3:1 hisobida mag'lub etdi – o'yin Telekom Kubogi doirasida bo'lib o'tdi, jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda.

«Bavariya» tarkibida uchinchi golni Jamal Musiala kiritdi. Bir necha daqiqadan so'ng futbolchi issiqdan hushidan ketdi. Bild ma'lumotlariga ko'ra, Musiala hushidan ketishining sababi issiq havo bo'lib, jiddiy muammolar yo'q.

«Bavariya» safida Jamal Musiala 231 ta o'yin o'tkazdi. Ushbu o'yinlarda futbolchi 69 ta gol va 45 ta golli uzatma qayd etdi.

Kelasi shanba, 22-avgustda, «Bavariya» Dortmundning «Borussiya»siga qarshi Germaniya Superkubogida o'ynaydi.