«Bavariya»ning bosh murabbiyi Vensan Kompani yangi mavsumda jamoasi bilan nimalarga erishmoqchi ekanligini aytib berdi.

O'tgan mavsumda munhenliklar ichki arenada barcha sovrinlarni qo'lga kiritdilar, ammo Chempionlar ligasida yarim finalga yetib borib, kelajakda g'olib bo'lgan «PSJ»ga yutqazishdi.

«Bavariya» har doim eng ambitsiyali maqsadlarni qo'yadi: Bundersligani, Germaniya kubogini va Chempionlar ligasini yutish – va, ehtimol, barcha o'yinlarni yutish. Biz albatta buning uchun intilamiz», – deydi Kompani, Bayern & Germany xabariga ko'ra.

22-avgustda bavariyaliklar Dortmundning «Borussiya»siga Germaniya Superkubogida qarshi o'ynaydi, 28-avgustda esa «Shtutgart» bilan Bundersliganing birinchi turida to'qnash kelishadi.