Dortmundning «Borussiya» klubi o'zining transfer rekordini yangilashga tayyor. Avvalroq xabar berilganidek, «shmelilar»  «Koln» ning qanot o'yinchisi Said el-Mala uchun taxminan 55 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Agar bitim amalga oshsa, 19 yoshli futbolchi Dortmund tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi mumkin. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi rekord 2016 yilda «Renn»dan 35 million evroga sotib olingan Usmon Dembelega tegishli. Qiziq, kelajakdagi «Oltin to'p» sohibi ham o'sha paytda 19 yoshda edi.

Said el-Mala o'tgan Bundesligada «Koln» uchun 34 uchrashuvda 13 gol urdi va beshta golli uzatma berdi.