Yaqin kelajakda hujumchi Garry Keyn «Bavariya» bilan shartnomani uzaytiradi. Abendzeitung Munchen ma'lumotlariga ko‘ra, 33 yoshli ingliz futbolchisi yangi kelishuvni avgust oxirida yoki sentyabr boshida imzolashi mumkin.

Keynning shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha yoki 2030 yilning o‘rtalarigacha davom etadi. Muzokaralar yaqin orada boshlanadi.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, Garry Keyn «Bavariya» safida kelgusi mavsumda Chempionlar Ligasini yutishga ishonadi.

Avvalroq «Bavariya» 19 avgust kuni Keynga «Oltin butsa» taqdim etilishini e'lon qilgandi. Myunxenliklar shuningdek, Garry o‘tgan mavsumda «Oltin to‘p»ga loyiq o‘ynaganini bildirishdi.