Napadchi «Volfburg» Jenan Peychinovich «Shtutgart»da faoliyatini davom ettiradi. Bild ma'lumotlariga ko'ra, klublar 21 yoshli futbolchining transferini yakuniy ravishda kelishib oldilar.

«Shtutgart» taxminan 25 million evro to'laydi. Ushbu summa qat'iy bo'lib, bonuslar hisobiga oshmaydi. Peychinovich «Shtutgart» bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan besh yillik shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi taxminan 2,5 million evro bo'ladi. Shartnoma sotib olish opsiyasini o'z ichiga olmaydi.

Tibbiy ko'rik dushanba kuniga belgilangan, shundan so'ng shartnoma yakunlanishi kerak. «Shtutgart» Peychinovich uchun kurashda «Portu» va «RB Leypsig»dan o'zib ketdi.

O'tgan mavsumda ushbu forvard 34 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi. Peychinovich Germaniya yoshlar va o'smirlar terma jamoalaridan o'tgan, lekin hali mamlakatning asosiy jamoasida o'ynamagan.