Vinger Yan Diomande «Real» futbolchisi bo'lishga yaqinlashmoqda. Mashhur insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «RB Leypsig» Diomandega Madridga uchish uchun ruxsat berdi.
Yaqin kunlarda 19 yoshli Diomande «Real» uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak, shundan so'ng shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Avvalroq Yan Diomandening transferi haqida moliyaviy shartlar to'g'risida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. «Real» 125 million evro to'laydi, bonuslar hisobiga esa bu summa 140 million evrogacha oshishi mumkin.
