Jedon Sancho yana bir bor Dortmundning «Borussiya»siga qaytishi mumkin. 26 yoshli futbolchi erkin agentga aylandi – uning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi tugadi. Transfer News Live xabar berishicha, «shmelilar» ingliz futbolchisi vakillari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. O'yinchining bir necha evropalik va saudiyalik klublar bilan og'zaki kelishuvi bor, lekin u hali oxirgi qarorini qabul qilmagan.
Jedon Sancho «Borussiya»da 2017 yildan 2021 yilgacha o'ynagan, so'ngra 2023/24 mavsumining ikkinchi yarmida jamoada ijarada bo'lgan. O'tgan mavsumda qanot o'yinchisini ijaraga olgan «Aston Villa» uni to'liq sotib olishga qiziqish bildirmadi.
