«Bavariya»ning bosh direktori Yan-Kristian Drizen Luis Diash va Mixael Olise haqida tarqalgan mish-mishlarni rad etdi va klub futbolchilar bilan xayrlashishni rejalashtirmayotganini ma'lum qildi.
Avvalroq «Real»ning Olisega qiziqishi va Diashning saudiyalik «Al-Hilal»ga o'tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Drizen, Myunxen klubi futbolchilar bo'yicha hech qanday taklif olmaganini ta'kidladi.
«Madriddan hech qanday qo'ng'iroq, xat yoki faks kelmaganiga hayronman. Olise bilan hali uch yil davomida shartnoma bor», - deya Drizenning so'zlarini Kicker keltirmoqda.
Diash haqida gapirganda, Drizen klub Kolumbiyalik futbolchini sotishga qiziqmasligini ham bildirdi:
«Biz ahmoq bo'lardik, to'g'rimi? Bizda ajoyib jamoa bor. Keling, mavsumni boshlaylik va bir necha gol uraylik».
Yangi Germaniya chempionati 28-avgustda boshlanadi.
