Jan-Kristian Drizen, «Bavariya»ning bosh direktori, qanot hujumchisi Maykl Olise Myunxen jamoasida qolishini ma'lum qildi.

Ma'lumki, joriy transfer oynasida fransuz qanot o'yinchisini Madridning «Real» klubi sotib olishni xohlamoqda.

«Olise qoladi. «Real»dan hech qanday xat, faks yoki qo'ng'iroq olmadik. Haqiqatni bilgan holda, qancha ma'lumot tarqalishini kuzatish qiziq. Tan olishim kerak, bu haqda necha marta so'rashganini hisoblay olmayapman», - deydi Drizen RMC Sportga.

Olise ning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha davom etadi. O'tgan mavsumda 24 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 52 o'yinda 22 gol urdi va 31 assist berdi. Transfermarkt fransuz o'yinchisini 170 million yevroga baholamoqda.