Madridning Real» klubi ivoriyalik qanot o'yinchisi Yan Diomande uchun «RB Leypsig» bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabrizio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Shartnoma summasi 100 million evrodan oshadi. Yaqin kunlarda 19 yoshli futbolchi Madridga tibbiy ko'rikdan o'tish va 2031 yilning iyunigacha mo'ljallangan shartnomani imzolash uchun keladi.
O'tgan mavsumda Diomande maydonda 46 uchrashuv o'tkazib, 15 gol urdi va 11 golli pas berdi. U «RB Zaltsburg»dan tashqari, Ispaniyaning «Leganes» jamoasida ham o'ynagan.
Futbolchining milliy terma jamoasida 11 o'yin va 3 goli bor.




