Qanot o'yinchisi Yan Diomande «RB Leypsig»dan «Real»ga o'tish imkoniyatiga ega. Mashhur insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berganidek, «oq-qo'ng'irlar» Diomande bilan shartnoma shartlarini og'zaki kelishib oldilar. Madrid klubi 19 yoshli ivoriyalikdan shartlar bo'yicha ijobiy javob oldi.

Endi hamma narsa klublar o'rtasidagi muzokaralarga bog'liq. «Real» yangi taklif tayyorlashga tayyor – avvalroq «RB Leypsig» madridliklarning 90 million evro + 10 million bonus taklifini rad etgan edi.

«PSJ» ham «RB Leypsig» bilan aloqa o'rnatmoqda va iste'dodli futbolchini qo'lga kiritish uchun kurashmoqda.