Kolumbiya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» jamoasining hujumchi yarim himoyachisi Luis Dias Saudiya Arabistoni chempionatidagi klublardan birining qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda insayder Janluidji Longarining ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida aytilmoqda.

Manbaga ko'ra, «Al-Hilal» rahbariyati yulduz kolumbiyalik futbolchini sotib olishni rejalashtirmoqda. Avvalroq saudiyalik klub gollandiyalik qanot o'yinchisi Krisensio Sammervilni o'z safiga qo'shgan edi.

O'tgan mavsumda Bundesligada 29 yoshli Dias 32 o'yinda maydonga tushib, 15 gol urdi va 14 golli uzatma berdi. Kolumbiyalik futbolchining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyigacha davom etadi. O'yinchining bozor qiymati 70 million evro deb baholanmoqda.