Hujumchi Garry Keyn «Bavariya»da o'z faoliyatini davom ettiradi. Ingliz superbombardiri jahon chempionati tugagandan so'ng, Myunxen klubiga yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu haqda jurnalistlar Ben Jeykobs va Sem Si xabar berishdi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu transfer oynasida 32 yoshli Keyn bilan qiziqish bildirgan klub «Barselona» bo'lgan. Shuningdek, Garryga «Al-Xilol» taklif qilgan – Saudiya Arabistoni klub 2023 yildan beri Keynni kuzatib kelmoqda.

«Bavariya» safida Garry Keyn 147 o'yin o'tkazib, 146 gol urdi va 33 golli pas berdi. Muqaddas Transfermarkt portali ingliz futbolchisini 60 million yevroga baholamoqda.