Markaziy yarim himoyachi Noel Aseko frankfurtning «Ayntraxt» jamoasiga o'tdi. Transfer tugallangani haqida «qarg'alar» matbuot xizmati xabar berdi.
Germaniya futbolchisi Myunxenning «Bavariya» jamoasidan sotib olindi va 2031 yilga qadar mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.
Shu bilan birga, «Bavariya» 20 yoshli futbolchi uchun taxminan 12 million evro olishi haqida mish-mishlar tarqalgan.
O'tgan mavsum Aseko «Gannover»da ijarada o'tgan. Germaniyaning ikkinchi divizionidagi klub uchun yarim himoyachi barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.
Yana eslatib o'tamiz, yangi Bundesliganing musobaqasi 28-avgustda boshlanadi.




