«Frayburg» o'zining markaziy yarim himoyachisi Yannik Engelhardtning «Komo»dan o'tishini e'lon qildi. 25 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 4 yilga mo'ljallangan.
Engelhardt 2021 yildan 2023 yilgacha «Frayburg»ning ikkinchi jamoasida Germaniyaning uchinchi ligasida o'ynagan. O'tgan mavsumda nemis yarim himoyachisi «Borussiya» Monchengladbaxda ijarada o'ynadi (33 o'yin, 2 gol, 2 assist va 8 ogohlantirish).
«Yana «Frayburg»da bo'lish juda yoqimli. Bu yerda katta ambitsiyalar bor, men ishni boshlashni intiqlik bilan kutyapman», - dedi yarim himoyachi.
Nemis futbolchisi uchun transfer summasi, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 7 million evroni tashkil etdi. «Frayburg» so'nggi Yevropa ligasi finalchisi bo'lib, chempionatda beshinchi o'rinda tugatdi.




