«Bavariya»ning afsonaviy sobiq futbolchisi Lotar Matteus Maykl Olise ning Madridning «Real» klubiga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Yaqinda tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, fransuz Myunxendan ketishni va «qirolicha» klubida karerasini davom ettirishni xohlaydi.

«Shaxsiy fikrimcha, uning «Real»da o'ynash istagini tushunaman. Har bir futbolchi bir payt kelib «Real»da bo'lishni xohlaydi. Ammo «Bavariya» hech qanday muzokaralar olib bormaydi – shunchaki sarlavhalarga kulishadi. Olise ning kelasi mavsumda «Real»da o'ynash imkoniyatini men deyarli nolga teng deb baholardim. O'ylaymanki, «Bavariya» uning shartnomasini uzaytiradi va maoshini oshiradi», – dedi Matteus Bildga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, «qaymoqlar» Olise uchun 200 million evrodan ortiq taklif qilishga tayyorligi haqida mish-mishlar tarqalgan.