«Barselona» fransuz himoyachisi Jyul Kunder bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Ushbu ma'lumotni Diario SPORT taqdim etmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, «ko'k-qizillar» 27 yoshli futbolchini 50-60 million evro evaziga qo'yib yuborishga rozi. Himoyachini Myunxenning «Bavariya» klubi sotib olishni xohlagan, lekin ular 40 million evrodan ko'proq to'lashga tayyor emas. «Barselona»da esa bu summa yetarli emas deb hisoblashgan.

2025/26 yilgi mavsumda Kunder barcha musobaqalarda 47 marta maydonga tushdi, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Himoyachining «ko'k-qizillar» bilan shartnomasi 2030 yilning iyunigacha davom etadi.