Ispaniya terma jamoasi va «Bayer»ning chap himoyachisi Alejandro Grimaldo Madridning «Atletiko»siga yaqinlashmoqda.
Tomonlar transfer shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga yaqin. Insider Matteo Moretto ma'lumotlariga ko‘ra, agar kutilmagan holatlar yuz bermasa, kelishuv bugun, chorshanba kuni amalga oshiriladi.
Oldinroq xabar berilganidek, «matraschilar» 30 yoshli futbolchi uchun taxminan 20 million evro to‘laydi. Ispan futbolchisi «Bayer»da uch yil davomida o‘ynadi va uning joriy shartnomasi «farmatsevtlar» bilan bir yil ichida tugaydi.
O‘tgan mavsumda Grimaldo 46 o‘yinda 14 gol va 12 assist qayd etdi.




