«Ayntraxt»ning sobiq bosh murabbiyi Albert Riera Germaniya klubidan ishdan bo'shatilgandan keyin Bundesligani keskin tanqid qildi.
Ispaniyalik mutaxassis, Frankfurtda atigi 107 kun faoliyat yuritib, chempionatdagi 14 o'yinda faqat 4 g'alaba qozongan, nemis futbolidan ancha ko'proq umid qilganini aytdi.
«Ochig'ini aytganda, Bundesliganing darajasi meni biroz xayol qoldirdi. Albatta, «Bavariya» o'zining alohida olamida, Dortmundning «Borussiya»si esa byudjet jihatidan unga yaqinlashishi mumkin. «Shtutgart» kabi kutilmagan natijalar bo'lsa-da, qolgan hamma narsa meni xayol qoldirdi», - dedi Riera Sloveniya telekanali Sportklubda.
Murabbiyning so'zlariga ko'ra, ligadagi ko'plab jamoalar bir-biridan deyarli farq qilmaydi.
«Pastki qismdagi jamoalar mutlaqo bir xil o'ynaydi. Ularni tahlil qilganda, har hafta bir xil raqibga qarshi o'ynayotganingizni his qilasiz», - dedi u.
Riera Germaniyaga qaytishni rejalashtirmayotganini ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, u bir necha takliflar olgan, ammo faqat evrokuboklarda qatnashadigan jamoalarni ko'rib chiqmoqda.
«Menga bir necha klubdan telefon qilishdi, lekin men rad javobini berdim, chunki men Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi yoki Konferensiyalar ligasida o'ynaydigan jamoada ishlamoqchiman», - dedi u.
Rieraning fikrlari, uning Frankfurtdagi faoliyati muvaffaqiyatsizlik bilan tugaganini hisobga olganda, turlicha munosabatlar uyg'otdi.




