Munxenning «Bavariya» forvardi Garry Keyn hozirda klub bilan mehnat shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormayapti. Bunga jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Shu bilan birga, manbaning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar o'rtasida 2029 yilgacha hamkorlikni uzaytirish bo'yicha dastlabki aloqa o'rnatilgan. O'zaro muzokaralar yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda.

Shuningdek, Keyn boshqa klublar bilan muzokaralar olib bormayotganini va «Bavariya»da qolishga qat'iy qaror qilganini ta'kidlagan.

Keyn 2023 yilda «Bavariya»ga o'tdi. O'tgan mavsumda forvard barcha musobaqalarda 51 o'yinda 61 gol urdi. Bundan tashqari, ingliz futbolchisi yetti assist ham amalga oshirdi.