Yaqinda Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi o'yinda (2:2) «Bavariya» ikki forvardini yo'qotdi. Oldinroq xabar berilganidek, forvard Ismael Saybari oyoq bilagidagi bog'lanmalarni yirtib, operatsiya o'tkazdi, vinger Serj Gnabri esa son mushagiga jarohat oldi.

Bild nashrining xabariga ko'ra, marokashlik futbolchi uch oy ichida maydonga qaytishi mumkin. Gnabri esa kamroq vaqt talab qiladi – u 4-6 hafta ichida tiklanishi kutilmoqda.

3-noyabr, seshanba kuni, Vensan Kompani jamoasi Madridning «Atletiko» jamoasi bilan Chempionlar ligasi doirasida uchrashadi. Shanba kuni esa Myunxen jamoasi Maynts bilan Germaniya Bundesligasida bahs olib boradi.