Munhenning Bavariya jamoasining yarim himoyachisi Konrad Laymer Durtmundning «Borussiya»siga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan keyin fikr bildirdi. Jamoalar 2:2 hisobida durang o‘ynashdi.

«Biz ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, bunga yetarlicha imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda raqibda unchalik ko‘p imkoniyatlar bo‘lmadi, lekin ular ikkitasini amalga oshira oldilar. Ushbu uchrashuvda biz mehmonlar darvozasi oldida yaratgan imkoniyatlarimizni to‘liq foydalana olmadik. Bunday holatlar ba’zan sodir bo‘ladi. Bu durang raqibimizga bizdan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradi», - deya klub matbuot xizmatiga so‘zlarini yetkazdi.

Bavariya 18 ochko to‘pladi va Germaniya Bundesligi jadvalida yetakchilikni davom ettirmoqda.