Bavariya»ning bosh direktori Jan-Kristian Drizen Maykl Olishe kelajakda «Zolotoy Myach»ni qo‘lga kiritishiga ishonadi.
24 yoshli fransuz ovoz berish natijalarida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi, mukofot esa uning jamoa doshti Garry Keynga nasib etdi.
«Men 100% ishonaman, Olishe o‘z karerasida «Zolotoy Myach»ni yutadi. Uni o‘rab turgan muhit to‘g‘ri, u shu yerda porlaydi. Bu individual ravishda o‘zini ko‘rsatish uchun zarur. Sen individual jihatdan dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishing mumkin, lekin agar yoningda yordam beradigan jamoa do‘stlaring bo‘lmasa, hech narsaga erisha olmaysan», – deydi Drizen Bayern & Germaniyaga bergan intervyusida.
Hozirgi mavsumda Maykl Olishe 12 o‘yinda 12 gol va 7 assist qayd etdi.
