Nemis Bundersligasining yettinchi turida «Elfersberg»ni 4:0 hisobida mag'lub etgan «RB Leyptsig» kutilmaganda yangi rekord o'rnatdi.
Ushbu mavsumning dastlabki to'rt uy o'yinida «Leyptsig» 18:0 umumiy hisobida g'alaba qozondi. Bu Bundersliganing dastlabki to'rt uy o'yinida eng yaxshi natija - hatto «Bavariya» bunday natijaga erisha olmagan.
Bundan ham ajablanarli tomoni shundaki, «Leyptsig» mehmonlikda o'tkazgan boshqa uch o'yinda mag'lub bo'lib, «Bavariya»dan 1:6 hisobida juda og'ir mag'lubiyatga uchradi.
Keyingi turda «RB Leyptsig» yana mehmonlikda «Shalke» bilan o'ynaydi.
