Kelgusi yozda «RB Leyptsig» ikki ijaraga olingan futbolchini - Brayan Gruda va Neyl el-Aynauini sotib olish uchun taxminan 50 million evro sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Germany xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Grudani «Brayton» klubidan sotib olish ikkinchi yarmida majburiy bo'lishi kerak, el-Aynauini «Roma»dan sotib olish imkoniyati ham juda yuqori hisoblanmoqda.
Gruda o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida «Leyptsig»da ijarada o‘ynagan va yozda yana bir mavsum uchun klubga qaytgan. 22 yoshli nemis yarimhimoyachisini sotib olish taxminan 25 million evroga tushadi. U markaziy yoki hujumchi yarimhimoyachi, shuningdek, hujum flanglarida o‘ynay oladi. To‘liq o'tish holatida shartnoma allaqachon kelishilgan.
El-Aynaui sentyabr oyining boshida «Roma»dan ijaraga o‘tgan va sotib olish imkoniyati taxminan 25 million evroga belgilangan. «Leyptsig»da 25 yoshli marokashlik yarimhimoyachining o'yini va maydondan tashqaridagi xulq-atvori yuqori baholanmoqda. To'liq o'tish holatida shaxsiy shartnoma shartlari ham oldindan kelishilgan.
