«Bavariya» hujumchisi Garry Keyn Bundeisliga doirasida Durtmundning «Borussiya»siga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.
«Hozirda bizda teng ochkolar bor va ikkala jamoa mavsumni yaxshi boshladi. Bu har doim katta o'yin, ayniqsa, o'z maydonimizda. Biz natijani o'z foydamizga olishni xohlaymiz», — dedi Keyn liga matbuot xizmatiga.
Futbolchi «Bavariya»ning chorshanba kuni Germaniya Kubogida «Magdeburg»ga qarshi muhim o'yini borligini ta'kidlab, tiklanishga alohida e'tibor berish zarurligini aytdi.
«Bavariya» «Borussiya»ni Germaniya chempionatining sakkizinchi turida qabul qiladi. O'yin 31-oktabr kuni Myunxen shahridagi «Alyans Arenada» bo'lib o'tadi.
Bundeisliganing yetti turidan so'ng, jamoalar 17 ochkoga ega bo'lib, turnir jadvalida etakchilik qilmoqda.
