Juma kuni «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa mashg'ulotida hushidan ketib, shoshilinch shifoxonaga yotqizildi. Belgiyalik futbolchini davolash jarayoni qancha vaqt olishi haqida Myunxen klubining sport direktori Maks Eberl ma'lumot berdi.
«Kompaniga kerakli vaqt beriladi. Biz hech qanday prognozlar tuzmaymiz. Nima bo'lganini tushunishimiz kerak, keyin tiklanish uchun qancha vaqt kerakligini muhokama qilamiz. Bu kunlar emas, balki haftalar haqida. Buni barchamiz tushunamiz», - dedi Eberl matbuot anjumanida.
Oktyabr oxirigacha «Bavariya» uchta o'yin o'tkazadi - «Frayburg» va Dortmundning «Borussiya»si bilan Bundesligada, shuningdek «Magdeburg» bilan Germaniya Kubogida.
