«Bavariya»ning boshqaruv a'zosi Uli Hyoness jamoaning joriy mavsumdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.

Har doimgidek, Myunxenliklar Chempionlar ligasining favoritlaridan biri hisoblanadi. Germaniya gigantining oxirgi evrotrofeyi 2020 yilda qo'lga kiritilgan.

«Hamma narsani trofeyni qo'lga kiritish bilan bog'lamaslik kerak. Har qanday narsa sodir bo'lishi mumkin – jarohatlar, diskvalifikatsiyalar. Meni «Bavariya»ning treblni yutish – yagona maqsad ekanligi haqidagi gaplar asabimni buzadi», – deya ta'kidlaydi Hyoness. «Bizning falsafamiz moliyaviy cheksiz resurslarga ega klublarning yondashuvidan farq qiladi», – deya qo'shimcha qildi u.

O'tgan mavsumda Chempionlar ligasida Vinsent Kompani jamoasi yarim finalga yetib borgan, ammo «PSJ»ga mag'lub bo'lgan.