Kamroq smartfonlar tribunada — maydondagi voqealarga ko'proq e'tibor. Dortmundning «Borussiya» klubi yangi tashabbus orqali muxlislarining odatlarini o'zgartirishni maqsad qilmoqda: endi o'yin davomida telefonidan foydalanmaydiganlar mukofot olishi mumkin. Germaniya klubi o'zining rasmiy ilovasiga «Fan Mode» (Muxlis rejimi) funksiyasini qo'shdi.
Ushbu tashabbusning maqsadi muxlislarni stadion muhitiga to'liq kirishishga, o'yinga, atrof-muhitga va jamoani qo'llab-quvvatlashga e'tibor qaratishga undashdir. Ushbu tashabbusning ishlash prinsipi oddiy. Maxsus rejimda foydalanuvchilar smartfonlarini har bir daqiqada qulflangan holda saqlaganlari uchun ball to'playdilar. Qanchalik uzoq vaqt davomida qurilmadan foydalanmasalar, shuncha ko'p ball olishadi.
