«Bavariya» prezidenti Gerbert Xayner Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peresga Maykl Olishe ni sotib olish rejalari bo'yicha qat'iy javob berdi.
«Agar Florentino Peres Olishe bo'yicha bizga taklif yubormoqchi bo'lsa — hozircha bunday bo'lmadi — o'zini behuda kuch sarflashdan saqlasa yaxshi. Maykl Olishe «Bavariya» o'yinchisi va uzoq muddatli shartnomaga ega. Biz sotadigan klub emasmiz», - deya Xaynerni Bild nashri iqtibos keltirmoqda.
Avvalroq mish-mishlar, Peres fransuz o'yinchisi uchun 180 million evro to'lashga tayyorligi haqida xabar berilgan edi. O'tgan kunlarda esa ommaviy axborot vositalarida 150 million evro haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.




