Germaniyada ajoyib voqea ro'y berdi — lekin bu Bundesligada emas, balki havaskorlar ligasida sodir bo'ldi.
Uch futbolchi erkaklar derbisida muhim rol o'ynadi. «BSK Motor Rohlitz II» (Saksaniya) «Union Milkau»ga qarshi o'yin oldidan o'yinchilardan mahrum bo'lib qoldi, ammo o'z klubidagi ayollar jamoasidan yordam so'rashga qaror qildi.
Nensi Morgner, Sindi Kalert va Jenni Bottcher bu chaqiruvni qabul qilib, jamoalariga 1:0 hisobida g'alaba qozonishda yordam berdi — bu o'yin albatta klub tarixiga kiradi.
Uch ayol futbolchining erkaklar jamoasida o'ynashi Saksaniyada o'tgan mavsum boshida joriy etilgan qoidalar o'zgarishi bilan mumkin bo'ldi. Mintaqaviy futbol assotsiatsiyasi ayollarga erkaklar jamoalarida o'ynashga ruxsat berdi.
