«Hoffenhaym» rasmiy ravishda chap himoyachi Mats Rotsning «Twente»dan o‘tishini e'lon qildi. 20 yoshli futbolchi Bunde liga klubiga uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Shartnoma moliyaviy shartlari oshkor etilmagan.

O‘tgan Niderlandiya chempionatida Rots 34 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rt gol urdi va to‘rt assist berdi.

«Twente»ning asosiy jamoasi safida himoyachi 50 ta uchrashuvda qatnashib, besh marta to‘p kiritdi. Rots Niderlandiya yoshlar terma jamoasining o‘yinchisi hisoblanadi.

O‘tgan Bunde liga mavsumida «Hoffenhaym» 61 ochko to‘plab, jadvalda beshinchi o‘rinni egalladi.