Muammoli darvozabon Loris Karius nihoyat o'z uyini topdi - u nemis «Shalke» darvozasini ishonchli himoya qilmoqda, bu klub o'tgan mavsumda Ikkinchi Bundesligani yutib, Germaniyaning eng yuqori ligasiga qaytdi.
Derbyderbyderby.it saytining xabariga ko'ra, «Shalke» rahbariyati Kariusga shartnomasini uzaytirishni taklif qilishga tayyor. Bu shartnoma bir yil emas, balki darhol ikki yilga - 2028-yilgacha uzaytiriladi. Bundan tashqari, kelishuvga yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham kiritilgan.
Eslatib o'tamiz, sobiq «Liverpul» darvozaboni o'z faoliyatini o‘tgan yildan beri Gelsenkirxenda davom ettirmoqda. O'tgan yili u Turkiyada «Beshiktosh» uchun ham o'ynagan.




