«Bavariya» PSV yarim himoyachisi Ismaël Saybarini qo'lga kiritmoqchi.
ED ma'lumotlariga ko'ra, nemis klubi futbolchi uchun taxminan 53 million yevro taklif qildi, bonuslar hisobga olinganda. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Oldinroq, ommaviy axborot vositalarida Myunxen klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ma'lum bo'lishicha, futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.
O'tgan mavsumda futbolchi 37 ta o'yinda qatnashib, 19 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va hamkasblariga to'qqiz assist berdi. 25 yoshli yarim himoyachining bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.




