Yarim himoyachi «Bavariya»dan Joau Palin'ya bu yozda «Sporting»ga qaytishi mumkin.

A Bola xabariga ko'ra, Lissabon klubi portugaliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, o'yinchiga «Tottenxem» ham da'vogarlik qilmoqda, u o'tgan mavsumda ushbu klubda ijarada o'ynagan. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Myunxen klubi o'yinchi uchun so'rayotgan summani 30 million evrodan 25 million evrogacha pasaytirishga tayyor. Palin'ya esa «Bavariya» murabbiylar shtabi rejalari orasida yo'q, garchi 2024 yil yozida nemis klubi uning transferi uchun 51 million evro to'lagan bo'lsa-da.

30 yoshli futbolchi «Sporting»ga qaytish variantini ijobiy qabul qilmoqda, chunki u o'z oilasiga yaqin bo'lishni xohlaydi.