Insayder Fabrizio Romano Germaniya terma jamoasi va Frankfurtdagi «Ayntraxt» himoyachisi Nataniyel Brawnning «Bavariya»ga o'tishini tasdiqladi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Bavariya» va «Ayntraxt» o'rtasidagi kelishuv juma kuni yakuniy bosqichga yetgan bo'lib, uning qiymati 55 million evroni tashkil etadi. Bu kelishuv yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni kechqurun Brawn Kyurosao terma jamoasiga qarshi jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turidagi o'yinda gol urdi va assist berdi (7:1). Bu Brawnning Germaniya terma jamoasidagi karerasidagi yettinchi o'yini edi.

Yetti marta o'lchab, bir marta kes: Advokat Kyurosao himoyasini o'zgartira olmadi