«RB Leypsig»ga qarshi 6:1 hisobida g'alaba qozonib, Myunxenning «Bavariya» jamoasi nemis chempionatida yangi rekord o'rnatdi. Ma'lumki, hech kim avvaliga mavsumning dastlabki uch uy o'yinida 18 gol urmagan. 6:1 g'alabadan oldin «Shtutgart» ustidan 5:1 va Berlinning «Union» jamoasiga qarshi 7:0 hisobida g'alabalar qozonilgan edi.
Keyingi turda Myunxenning «Bavariya» jamoasi jiddiy raqib «Frayburg» bilan to'qnash keladi. Frayburg o'tgan turda mavsumdagi birinchi mag'lubiyatini qabul qilgan bo'lsa-da, hali ham uchlikda joylashgan. O'yin «braziliyaliklar» bilan 25-oktabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
