Darvozabon Manuel Noyer «Bavariya»ning shanba kuni «RB Leypsig»ga qarshi o'yinida maydonga tushmadi. Myunxen klubining sport direktori Maks Eberl futbolchining holati haqida izoh berdi.
«Noyerning oyog'ida suyuqlik to'plangan, bu esa uning maydonga chiqishiga imkon bermadi. Salomatligi qanday bo'lishini ko'ramiz, chorshanba kuni o'ynay oladimi», - deya Eberlni Goal portali iqtibos keltirmoqda.
Shu bilan birga, Bild nashri suyuqlik to'planishi yuklamalar bilan bog'liq bo'lishi mumkinligini ta'kidlaydi, jarohat bilan emas. Biroq, Noyer «Arsenal»ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinini o'tkazib yuborishi xavfi bor.
«Bavariya» - «Arsenal» o'yini chorshanba, 21-oktabr kuni bo'lib o'tadi.
