Bavariya jamoasining murabbiyi Vensan Kompani «Luis Diaz»ning «Augsburg»ga qarshi o‘yinda kiritilgan golining bekor qilinishi haqida izoh berdi. Bundeisliga beshinchi turidagi o‘yinda hisob 2:2 tugadi.
«Ofsayd – bu ofsayd. Hammasini yanada murakkablashtirmaslik kerak. Bugun o‘yinning natijasi tafsilotlar va millimetrlar bilan belgilandi. Ba'zi epizodlarda o'zimizni ham ayblashimiz kerak. Tomoshabinlar uchun bu ajoyib o‘yindi, hissiyotlarga boy o'yin», - dedi murabbiy matbuot anjumanida.
Bavariya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda, 10 ochko to'plagan. «Augsburg» esa 8 ochko bilan oltinchi o'rinda. Birinchi o'rinda 13 ochko to'plagan Dortmundning «Borussiya» jamoasi turibdi.
