«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Germaniya chempionatidagi «Augsburg» ga qarshi 2:2 hisobidagi durang haqida fikr bildirdi.

«Biz to'pni ustunlarga urdik, ko'p golni ofsayd holatidan urdik. O'ylaymanki, boshqa bir kunda biz bu o'yinni albatta yutgan bo'lardik. Biz o'z xatolarimiz uchun jazolandik», — deya Xarrining so'zlarini keltirmoqda Bayern & Germany.

Jamoalar o'rtasidagi uchrashuv Augsburg shahrida bo'lib o'tdi. «Bavariya» safida gol urganlar Ismael Saybari va Nataniyel Braun bo'ldi, Keyn esa ikki assistentlik qildi.

«Augsburg» bilan ochko yo'qotish natijasida «Bavariya» Germaniya chempionatida ikkinchi o'ringa tushib ketdi.