Markaziy himoyachi «Braiton» Luka Vushkovich Myunxenning «Bavariya» jamoasi uchun transfer bozorida eng muhim maqsadlardan biriga aylandi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, 19 yoshli futbolchi Myunxenga ko'chishga qarshi emas. «Bavariya» uchun ushbu istiqbolli himoyachi bilan raqobatlashayotgan jamoa Madridning «Real»idir.

Vushkovichning bozor qiymati 60 million evroga baholanmoqda. Uning «Braiton» bilan tuzilgan shartnomasi 2031 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.

Hozirgi Angliya chempionatida himoyachi beshta uchrashuvda ishtirok etdi va bitta gol urdi.

«Real» 60 million evroga iste'dodli xorvatni sotib olishi mumkin