Nemis Bundesligasining beshinchi turida Dortmundning «Borussiya» jamoasi Bremenning «Verder» jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. 88-daqiqagacha «shmelilar» 2:0 hisobida g'alaba qozonayotgan edi.

«Borussiya» murabbiyi Niko Kovach o'z jamoasining xatolari haqida izoh berdi.

«Mening o'quvchilarim 88 daqiqa davomida ustunlik qildi, biz raqibni burchakka siqib qo'ydik. Ammo boshlagan ishimizni to'g'ri tugatolmadik. Bunda faqat o'zimizni ayblashimiz mumkin. Biz juda xafa bo'ldik. Bu biz uchun saboq bo'ladi», - deya Kovachning so'zlarini keltirmoqda Bulinews.

Kovachning jamoasi joriy Bundesliga mavsumida birinchi marta ochko yo'qotdi. Jamoa 13 ochko to'plab, jadvalda birinchi o'rinda turibdi.