Dortmundning «Borussiya» jamoasi kapitani Niko Shlotterbek o‘zining g‘alabani qo‘ldan boy berishi haqida fikr bildirdi. Bundeisliga chempionatining beshinchi turidagi «Verder»ga qarshi o‘yinda natija 2:2 hisobida yakunlandi.
«88-daqiqagacha o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Keyin ikkita gol o‘tkazib yubordik va natijada durang bilan qoldik. Lekin men jamoam bilan faxrlanaman, chunki 88 daqiqa davomida juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Shundan so‘ng, himoyada yaxshiroq o‘ynashimiz kerak edi», - deydi himoyachi sport1.de saytiga.
Durang «Borussiya»ning mavsumdagi beshinchi g‘alabasini qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qildi. «Bavariya» shanba kuni «Augsburg»ni mag‘lub etsa, birinchi o‘ringa chiqishi mumkin. Shuningdek, Dortmunddan uch ochko uzoqlikda «Freiburg» joylashgan bo‘lib, ular «Shalke» bilan uchrashadi.
