Lissabonning Sporting klubi qanot o'yinchisi Flaviu Gonsalves bir nechta evropalik klublarning transfer ro'yxatiga kirdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

19 yoshli istiqbolli futbolchini uchta nemis Bundesliga jamoasi, ya'ni Bayer, Dortmundning «Borussiya»si va «RB Leypzig» kuzatmoqda. Portugaliyaliklar futbolchini 60 million evro evaziga sotishga tayyor.

Gonsalvesning Sporting bilan shartnomasi 2030 yilning o'rtasigacha davom etadi.

Joriy Primera mavsumida Flaviu oltita o'yinda qatnashib, uchta gol urdi va bitta golli uzatma berdi.