«Bavariya» kuzatuv kengashi a'zosi Karl-Xaynts Rummenigge 2026 yilda Myunxen klubidan bir futbolchi «Zolotoy myach»ni qo'lga kiritishini umid qilmoqda.

- Men «Bavariya»dan bu mukofotni qo'lga kiritgan oxirgi futbolchiman. Shuning uchun, endi bu mukofotni yana bizning klubimiz futbolchisi olishini xohlayman. Bu biz uchun alohida ahamiyatga ega bo'lardi, - deydi Rummenigge Ran portaliga bergan intervyusida.

Rummenigge «Zolotoy myach»ni 1980 va 1981 yillarda ikki marta qo'lga kiritgan. O'shandan beri «Bavariya»dan hech bir futbolchi bu mukofotni qo'lga kiritmagan. Hozirgi yilda Myunxen klubidan bir necha futbolchilar, jumladan Garry Keyn va Maykl Olise, mukofotga da'vogarlik qilmoqda.

Mukofot taqdimoti marosimi 26 oktyabrda o'tkazilishi eslatib o'tamiz.