«Bavariya» kuzatuv kengashining a'zosi Karl-Xaynz Rummenigge Garry Keyn va Maykl Olisening Myunxen klubida uzoq qolishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.
«Ikkalasi ham uzoq vaqt davomida Bavariyada qolishni xohlaydi. Men umid qilaman va ishonaman, Garry tez orada shartnomasini uzaytiradi. Keyingi esa Maykl bo'ladi», - dedi Rummenigge RAN portaliga bergan intervyusida.
Rummenigge shuningdek, Keyn va Oliseni jahondagi eng yaxshi o'yinchilar deb atadi va ikkalasi ham «Zolotoy myach» mukofotiga nomzodlar qatorida ekanligini ta'kidladi.
«Biz, Bavariya, bu mukofotga nomzod bo'lgan ikki o'yinchiga ega bo'lganimizdan juda xursand bo'lishimiz kerak. Bu jahondagi eng yaxshi o'yinchilar, bunday o'yinchilar har doim topilavermaydi».
Keynning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan va tomonlar yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga yaqinlashgani haqida xabarlar bor. Shundan so'ng Bavariya Olisening 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnomasini muddatidan oldin uzaytirish masalasini muhokama qilmoqchi.
